Umumiy qoidalar

1. Mazkur shaxsiy ma’lumotlarni ishlash siyosati O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 02 iyuldagi “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida”gi O’zRQ-547-sonli Qonuni (bundan buyon matnda – “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi Qonun”) talablariga asosan ishlab chiqilgan va shaxsiy ma’lumotlarni ishlash tartibini hamda «NOVALEKS» MChJ (bundan buyon matnda – “Operator”) tomonidan amalga oshiriladigan shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash choralarini belgilaydi.
1.1. Operator fuqaroning shaxsiy ma’lumotlarini ishlashda inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishini, shu jumladan shaxsiy hayot, shaxsiy va oilaviy sir daxlsizligi uchun huquqlari himoya qilinishini o’zining eng muhim maqsadi va o’z faoliyatini amalga oshirish sharti sifatida belgilaydi.
1.2. Mazkur Operatorning shaxsiy ma’lumotlarni ishlashga doir siyosati (bundan buyon matnda – “Siyosat”) Operator www.novalexgroup.uz veb-saytiga kiruvchilar to’g’risida olishi mumkin bo’lgan barcha axborotga qo’llaniladi.
2. Siyosatda foydalaniladigan asosiy tushunchalar
2.1. shaxsiy ma’lumotlar – www.novalexgroup.uz veb-saytining muayyan yoki belgilanadigan Foydalanuvchisiga tegishli elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchi vositada qayd etilgan axborot;
2.2. shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti (sub’ekt) – shaxsiy ma’lumotlar tegishli bo’lgan jismoniy shaxs;
2.3. shaxsiy ma’lumotlar bazasi – o’z tarkibida shaxsiy ma’lumotlarni saqlaydigan axborot tizimi shaklidagi ma’lumotlar bazasi;
2.4. shaxsiy ma’lumotlarni ishlash – shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, tizimlashtirish, saqlash, o’zgartirish, to’ldirish, foydalanish, taqdim qilish, tarqatish, uzatish, egasiz qilish va yo’q qilish bo’yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
2.5. shaxsiy ma’lumotlar bazasi operatori (operator) – shaxsiy ma’lumotlar ishlanishini amalga oshiradigan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
2.6. shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi (mulkdor) – shaxsiy ma’lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
2.7. uchinchi shaxs – shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti, shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori hisoblanmagan, biroq shaxsiy ma’lumotlarni ishlash bo’yicha vaziyatlar yoki munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan har qanday shaxs.
2.8. Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash – shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar bajarilishi uchun kerakli va yetarli darajada shaxsiy ma’lumotlarni to’plash orqali ma’lumotlar bazasini shakllantirishdan iborat.
2.9. Shaxsiy ma’lumotlarni yo’q qilish – shaxsiy ma’lumotlarni tiklash imkoniyati yo’qligi natijasida amalga oshiriladigan harakatlar. Shaxsiy ma’lumotlarni yo’q qilish shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
- shaxsiy ma’lumotlarni ishlash maqsadlariga erishilgan;
- sub’ektning shaxsiy ma’lumotlarni ishlashga roziligi qaytarib olingan;
- sub’ekt roziligi bilan belgilangan shaxsiy ma’lumotlarni ishlash muddati tugagan;
- sud qarori qonuniy kuchga kirgan holatda.
2.10. Shaxsiy ma’lumotlarni egasiz qilish – shaxsiy ma’lumotlarning muayyan sub’ektga tegishli ekanligini aniqlash mumkin bo’lmaydigan harakatlar amalga oshirilishi shaxsiy ma’lumotlarni egasiz qilish hisoblanadi.
2.11. shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish – shaxsiy ma’lumotlar bilan shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi, operatori va uchinchi shaxsning faoliyat maqsadlarini realizatsiya qilishga yo’naltirilgan harakatlar amalga oshirilishi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish hisoblanadi;
- shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi, operatori va uchinchi shaxs tomonidan faqat shaxsiy ma’lumotlarni to’plash bo’yicha oldin belgilangan maqsadlar uchun shaxsiy ma’lumotlar himoyalanganligi kerakli darajasi ta’minlangan holatda amalga oshiriladi;
2.12. shaxsiy ma’lumotlarni saqlash – shaxsiy ma’lumotlar yaxlitligi, maxfiyligi va ulardan foydalanish huquqini ta’minlashga doir harakatlar;
2.13. shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish – shaxsiy ma’lumotlarni nomuayyan shaxslar doirasiga oshkor qilishga yo’naltirilgan harakatlar, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, Internet jahon axborot tarmog’ida joylashtirish yoki biron-bir boshqa usulda shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqini taqdim qilish shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish hisoblanadi;
2.14. shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti (bundan buyon matnda – “sub’ekt”) – shaxsiy ma’lumotlar tegishli bo’lgan, mirulens.ru veb-saytida shaxsiy ma’lumotlar uzatilishini amalga oshiradigan jismoniy shaxs.

3. Operatorning asosiy huquqlari va majburiyatlari
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori shaxsiy ma’lumotlar ishlanishini amalga oshirishga haqli.
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori quyidagilarni bajarishlari shart:
- shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida qonun hujjatlariga rioya qilish;
- sub’ektning murojaatiga binoan o’z shaxsiy ma’lumotlarini ishlashga doir axborot taqdim qilish;
- belgilangan vazifalarni bajarish uchun kerakli va yetarli darajada shaxsiy ma’lumotlar tarkibini tasdiqlash;
- shaxsiy ma’lumotlarni ishlash maqsadlariga erishilgan holatda, shuningdek Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi Qonunda belgilangan boshqa holatlarda shaxsiy ma’lumotlarni yo’q qilish choralarini ko’rish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda sub’ektning o’z shaxsiy ma’lumotlarini ishlashga roziligi olinganligi dalil-isbotlarini taqdim qilish;
- yangi ma’lumotlar to’g’riligi hujjatlar bilan tasdiqlangan holatda shaxsiy ma’lumotlarga o’zgartishlar kiritish va (yoki) ularni to’ldirish yoki bunday o’zgartishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritish mumkin bo’lmagan holatda ularni yo’q qilish;
- shaxsiy ma’lumotlarni ishlash shartlari buzilganligi to’g’risida axborot olingan holatda, shaxsiy ma’lumotlar ishlanishini vaqtincha to’xtatib qo’yish yoki ularni yo’q qilish;
- sub’ekt tomonidan o’z shaxsiy ma’lumotlari ishlanishini vaqtincha to’xtatib qo’yish va (yoki) ularni yo’q qilish uchun elektron shaklda hujjatlar taqdim qilinishi imkoniyatini ta’minlash;
- shaxsiy ma’lumotlar o’zgartirilgan, yo’q qilingan va ulardan foydalanish huquqi cheklangan holatlarda, shaxsiy ma’lumotlar sub’ektini, shuningdek boshqa shaxsiy ma’lumotlarni ishlash ishtirokchilarini yozma shaklda xabardor qilish;
- shaxsiy ma’lumotlar uchinchi shaxsga uzatilgan holatda, shaxsiy ma’lumotlar sub’ektini yozma shaklda xabardor qilish;
- egalikdagi va (yoki) ishlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar bazalarini ro’yxatdan o’tkazish;
- shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo’yicha kerakli huquqiy, tashkiliy va texnik choralar ko’rish.
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori quyidagi holatlarda uchinchi shaxsga shaxsiy ma’lumotlarni ishlash topshirig’ini berishga haqli:
- sub’ektning yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat shaklida roziligi mavjud bo’lgan;
- qaror shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va sub’ekti o’rtasida shartnoma ijrosi yoki oldin tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish maqsadlarida qabul qilingan;
- O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda.

4. Shaxsiy ma’lumotlar sub’ektlarining asosiy huquqlari va majburiyatlari
Shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti quyidagilarga haqli:
- shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatorida, shuningdek uchinchi shaxsda o’z shaxsiy ma’lumotlari borligini va ular tarkibini bilish;
- so’rovnoma bo’yicha shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatoridan shaxsiy ma’lumotlarni ishlash to’g’risida axborot olish;
- shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatoridan o’z shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish huquqini taqdim qilish shartlari to’g’risida axborot olish;
- o’z shaxsiy ma’lumotlari yuzasidan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo’yicha vakolatli davlat organi yoki sudga murojaat qilish;
- Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi Qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari o’z shaxsiy ma’lumotlarini ishlash uchun rozilik berish va bunday rozilikni qaytarib olish;
- shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatoriga, shuningdek uchinchi shaxsga o’z shaxsiy ma’lumotlari umumiy foydalaniladigan manbalarda tarqatilishi uchun rozilik berish;
- shaxsiy ma’lumotlar to’liqsiz, eskirgan, noaniq bo’lgan, noqonuniy olingan yoki shaxsiy ma’lumotlarini ishlash maqsadlari uchun kerakli hisoblanmagan holatda, shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatoridan o’z shaxsiy ma’lumotlarini ishlash vaqtincha to’xtatib qo’yilishini talab qilish.
Yuridik salohiyatsiz yoki yuridik salohiyati cheklangan sub’ekt shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish uning qonuniy vakili tomonidan amalga oshiriladi.
O’z shaxsiy ma’lumotlarini O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ma’naviyati, sog’lig’i, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasi va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida taqdim qilish sub’ekt majburiyati hisoblanadi.

5. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash tamoyillari
5.1. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash maqsadlari normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, ta’sis hujjatlarida va shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlarda belgilanadi va Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi Qonunga javob berishi kerak.
5.2. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash maqsadlari ularni to’plashda oldin belgilangan maqsadlarga, shuningdek shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori huquqlar va vazifalariga javob berishi kerak.
5.3. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash maqsadlari o’zgartirilgan holatda shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori o’zgartirilgan maqsadga asosan sub’ektning o’z shaxsiy ma’lumotlari ishlanishi uchun roziligini olishi kerak.
5.4 Shaxsiy ma’lumotlar aniq va to’g’ri bo’lishi, zarur hollarda esa – o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilishi kerak.
5.5. Shaxsiy ma’lumotlar bazasiga kiritilishi mumkin bo’lgan shaxsiy ma’lumotlar hajmi O’zbekiston Respublikasining shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi Qonuniga asosan sub’ekt tomonidan belgilanadi. Ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar hajmi va xususiyati ularni ishlash maqsadlari va usullariga javob berishi kerak.
5.6. Shaxsiy ma’lumotlar sub’ektni identifikatsiyalash imkonini beradigan shaklda yoki egasiz qilingan shaklda ishlanadi.
5.7. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash muddati sub’ektning o’z shaxsiy ma’lumotlari ishlanishi uchun roziligi amal qiladigan muddatdan oshirilmasligi kerak.
5.8. Shaxsiy ma’lumotlar bazalari Davlat shaxsiy ma’lumotlar bazalari reestrida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
5.9. Shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi va (yoki) operatori tegishli shaxsiy ma’lumotlar bazasini ro’yxatdan o’tkazish uchun kerakli ma’lumotlarning har bir o’zgartirilishi to’g’risida vakolatli davlat organini bunday o’zgartish amalga oshirilgan kundan e’tiboran o’n kalendar kunidan kechikmay xabardor qilishi shart

6. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash maqsadlari
Ishlash maqsadlari
Reklama jo’natmalari
Shaxsiy ma’lumotlar
  • familiyasi, ismi, otasining ismi
  • elektron manzili
  • telefon raqamlari
  • tug’ilgan sana
Huquqiy asoslar
  • O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 02 iyuldagi “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida”gi O’zRQ-547-sonli Qonuni;
  • O’zbekiston Respublikasining boshqa huquqiy hujjatlari.
Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash turlari
  • Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, yozib olish, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, yo’q qilish va egasiz qilish.

7. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash shartlari
7.1. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash shaxsiy ma’lumotlar sub’ektining o’z shaxsiy ma’lumotlarini ishlash uchun roziligi bilan amalga oshiriladi.
7.2. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash operatorga yuklatilgan funktsiyalar, vakolatlar va vazifalarni amalga oshirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun kerak.
7.3. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash O’zbekiston Respublikasining ijrochilik ish yurituvchi to’g’risidagi Qonuniga asosan odil sudlovni amalga oshirish, sud hujjatlarini, boshqa organ yoki mansabdor shaxs hujjatlarini tegishli ravishda bajarish uchun kerak.
7.4. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti foyda oluvchi yoki kafil Tarafi hisoblangan shartnoma ijrosi, shuningdek shaxsiy ma’lumotlar sub’ektining tashabbusi bo’yicha shartnoma tuzish yoki shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti foyda oluvchi yoki kafil bo’lgan shartnoma tuzish uchun kerak.
7.5. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash operator yoki uchinchi shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish yoxud shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti huquqlari va erkinliklari buzilmaydigan holatda ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarga erishish uchun kerak.
7.6. Shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti tomonidan yoki uning iltimosiga asosan cheklanmagan shaxslar doirasiga foydalanish huquqi taqdim qilingan shaxsiy ma’lumotlarni (bundan buyon matnda – umumiy foydalaniladigan shaxsiy ma’lumotlar) ishlash amalga oshiriladi.
7.7. Federal qonunga asosan e’lon qilinadigan yoki majburiy oshkor qilinadigan shaxsiy ma’lumotlarni ishlash amalga oshiriladi.

8. Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, saqlash, uzatish va boshqa turlardagi ishlash tartibi
Operator tomonidan ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasida amaldagi qonun hujjatlari talablari to’liq hajmda bajarilishi uchun kerakli huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni realizatsiya qilish orqali ta’minlanadi.
8.1. Operator shaxsiy ma’lumotlar tegishlicha saqlanishini ta’minlaydi va vakolatsiz shaxslarning shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishini istisno qiladigan barcha kerakli choralarni ko’radi.
8.2. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlari hech qachon, hech qanday sharoitlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi, amaldagi qonun hujjatlari ijrosi bilan bog’liq holatlar yoxud shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti tomonidan Operatorga fuqarolik-huquqiy shartnoma bo’yicha majburiyatlar ijrosi uchun uchinchi shaxsga ma’lumotlar uzatilishiga rozilik berilgan holatlar bundan mustasno.
8.3. Shaxsiy ma’lumotlarda noaniqliklar aniqlangan holatda, Foydalanuvchi Operatorga uning www.novalexgroup.uz elektron pochta manziliga “Shaxsiy ma’lumotlarni aktuallashtirish” belgisi bilan bildirish xatini yuborish orqali ularni mustaqil ravishda aktuallashtirishi mumkin.
8.4. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash muddati, agar shartnomada yoki amaldagi qonun hujjatlarida boshqa muddat nazarda tutilmagan bo’lsa, shaxsiy ma’lumotlar to’plangan maqsadlarga erishish bilan belgilanadi.
Foydalanuvchi istalgan paytda Operatorga uning www.novalexgroup.uz elektron manziliga elektron pochta orqali “Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash uchun rozilikni qaytarib olish” belgisi bilan bildirish xatini yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarni ishlash uchun o’z roziligini qaytarib olishi mumkin.
8.5. Chet servislar, shu jumladan to’lov tizimlari, aloqa vositalari va boshqa xizmatlar ta’minotchilari tomonidan to’planadigan barcha axborot qayd etilgan shaxslar (Operatorlar) tomonidan ularning Foydalanuvchi shartnomasiga va Shaxsiy ma’lumotlar sub’ektining maxfiylik siyosatiga va/yoki qayd etilgan hujjatlarga asosan saqlanadi va ishlanadi. Operator uchinchi shaxslar, shu jumladan mazkur bandda qayd etilgan xizmatlar ta’minotchilari harakatlari uchun javobgar bo’lmaydi.
8.6. Shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti tomonidan belgilangan shaxsiy ma’lumotlarni uzatishga (foydalanish huquqini taqdim qilishdan tashqari), shuningdek tarqatish uchun ruxsat berilgan shaxsiy ma’lumotlarni ishlashga yoki ishlash shartlariga taqiqlar Qozog’iston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan davlat, ijtimoiy va boshqa ommaviy manfaatlarda shaxsiy ma’lumotlarni ishlash holatlarida amal qilmaydi.
8.7. Operator shaxsiy ma’lumotlarni ishlashda shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlaydi.
8.8. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash Operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududidagi bazada amalga oshiriladi.
Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash muddati, agar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti foyda oluvchi yoki kafil Tarafi hisoblangan shartnomada shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va ishlash maqsadlariga erishish sanasi bilan belgilanadi.

8.9. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash maqsadlariga erishish, shaxsiy ma’lumotlar sub’ektining shaxsiy ma’lumotlarni ishlash uchun roziligi amal qilish muddati tugashi, shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni ishlash uchun rozilik qaytarib olinishi, shaxsiy ma’lumotlarni ishlash to’xtatilishi to’g’risida talab qilinishi, shuningdek shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy ishlash aniqlanishi shaxsiy ma’lumotlarni ishlash to’xtatilishi sharti bo’lishi mumkin.

9. Operator tomonidan olingan shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar ro’yxati
9.1. Operator shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, yozib olish, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, aniqlik kiritish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim qilish, foydalanish huquqini taqdim qilish), egasiz qilish, blokirovka qilish, olib tashlash va yo’q qilishni amalga oshiradi.
9.2. Operator axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali yoki bunday tarmoqlarsiz olingan axborot olinishi va/yoki uzatilishi bilan shaxsiy ma’lumotlar avtomatlashtirilgan ravishda ishlanishini amalga oshiradi.

10. Shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi
Operatorlar, shuningdek shaxsiy ma’lumotlardan cheklangan foydalanish huquqini oladigan uchinchi shaxslar sub’ekt yoki uning qonuniy vakili roziligisiz yoxud boshqa qonuniy asossiz shaxsiy ma’lumotlar tarqatilishiga yo’l qo’ymaslik talablariga rioya qilish orqali ushbu shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlaydilar.
Kasbiy, xizmat faoliyati, shuningdek mehnat munosabatlari bilan bog’liq foydalanish huquqi cheklangan shaxsiy ma’lumotlar ma’lum bo’lgan shaxslar ushbu shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlashlari shart.

11. Yakuniy qoidalar
11.1. Foydalanuvchi Operatorga www.novalexgroup.uz elektron pochtasi yordamida murojaat qilish orqali o’z shaxsiy ma’lumotlarini ishlashga doir o’zini qiziqtirgan masalalar bo’yicha har qanday izohlar olishi mumkin.
11.2. Ushbu hujjatda Operator tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni ishlash siyosatiga kiritilgan har qanday o’zgartishlar aks ettiriladi. Siyosat uning yangi versiyasi bilan almashtirilgungacha muddatsiz tartibda amal qiladi.