ISHTIROK QILISH UCHUN SHARTNOMA

Mazkur Shartnoma O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 426-moddasiga asosan ommaviy oferta hisoblanadi, uning shartlarini qabul qilish (akseptlash) mazkur Shartnomada nazarda tutilgan tartibda Aksiyada ishtirok qilishni anglatadi.
O’zR FKning 370-moddasiga asosan ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko’rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo’natish, xizmatlar ko’rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to’lash va h.k.), agar qonun hujjatlarida yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko’rsatilmagan bo’lsa, aksept hisoblanadi. Ofertani akseptlash ofertada belgilangan shartlarda shartnoma tuzish bilan teng.
Mazkur Shartnoma Aksiyada ishtirok qilishga tayyorligini shaxsan bildirgan har qanday shaxsga (nomuayyan shaxslar doirasiga) (bundan buyon matnda “Ishtirokchi” deb yuritiladi) yo’llangan ommaviy ofertani o’z ichiga oladi, bir tomondan
va “NOVALEKS” Mas’uliyati cheklangan jamiyati Xorijiy korxonasi, bundan buyon matnda “Tashkilotchi” deb yuritiladi, Ustav asosida faoliyat yurituvchi Bosh direktor Andrianova Nataliya Yurevna nomidan, birgalikda “Taraflar” deb yuritiladi, quyidagilar to’g’risida mazkur Shartnomani (ofertani) tuzdilar:
 

1. SHARTNOMADA QO’LLANILADIGAN ATAMALAR VA TA’RIFLAR

«Aksiya» – mazkur Shartnoma Ishtirokchilariga talablarga javob beradigan nomuayyan shaxslar doirasiga ishtirok uchun ochiq va imkoniyat yaratilgan, https://promo.novalex.group saytida ro’yxatdan o’tkazilgan Aksiya ishtirokchisining yagona raqamini aniqlash maqsadida o’tkazish shartlari va tartibi ushbu saytda joylashtirilgan qoidalarga asosan belgilanadigan tijorat asosida o’tkaziladigan tadbir.
«Tashkilotchi» – «NOVALEKS» MChJ XK.
Tashkilotchi: Aksiya Ishtirokchilariga yo’llangan Shartnoma-ofertani tasdiqlaydi; Saytda Aksiya to’g’risida ma’lumotlarni joylashtiradi; Aksiyani o’tkazish tartibini belgilaydi va Aksiya Ishtirokchilari ro’yxatdan o’tkazilishini amalga oshiradi; Aksiya natijalari e’lon qilinishini va Aksiya g’oliblari mukofotlanishini tashkillashtiradi; Aksiyaning texnik va boshqa ta’minotini amalga oshiradi.
«Ishtirokchi» – Aksiyada ishtirok qilayotgan, 18 yoshga to’lgan, O’zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga ega bo’lgan jismoniy shaxs.
«Sayt» – Aksiyaning barcha rasmiy va huquqni belgilovchi hujjatlari, Aksiyani o’tkazish to’g’risida Nizom, shuningdek Internet tarmog’ida Aksiyani o’tkazish jarayoni va uning natijalari to’g’risida Aksiya ishtirokchilarini xabardor qilishda foydalaniladigan hujjatlar joylashtirilgan dasturiy-apparat majmui, platformasidan iborat bo’lib, Internet tarmog’ida sahifa ko’rsatkichiga ega: https://promo.novalex.group.
«Aksept» – Ishtirokchi tomonidan mazkur Shartnomada nazarda tutilgan Aksiyada ishtirok qilish talablari to’liq hajmda bajarilgan holatda Ishtirokchining yaqqol ifodalangan va nazarda tutiladigan roziligi.

2. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Aksiyada ishtirok qilish uchun Shartnoma (Oferta) Aksiyani tashkillashtirish va o’tkazish shartlari va tartibini: Aksiyani o’tkazish muddatlari va joyini, ishtirokchilarga talablarni, ishtirok qilish tartibini, Aksiya natijalarini e’lon qilish tartibini, Aksiya g’oliblarini mukofotlash tartibini, Tashkilotchi saytida joylashtirilgan va mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan shaxsiy ma’lumotlarni ishlash tartibini belgilaydi.
2.2. Shartnoma matni bo’yicha birgalikda qayd etilganida Tashkilotchi va Ishtirokchi “Taraflar”, ularning har biri alohida esa – “”Taraf” deb yuritiladi.
2.3. Har bir Taraf kerakli huquqiy va yuridik salohiyatga, shuningdek Shartnoma tuzish va uning shartlariga asosan bajarish uchun kerakli va yetarli darajada barcha huquqlar va vakolatlarga ega ekanligini boshqa Tarafga kafolatlaydi.
2.4. Shartnomaning amaldagi tahriri Tashkilotchining www.novalexgroup.uz manzili bo’yicha saytida doimiy asosda joylashtirilgan va Ishtirokchi tomonidan akseptlash amalga oshiriladigan paytgacha tanishib chiqish uchun majburiy hisoblanadi. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok etilgan holatda, mazkur Shartnoma-ofertani akseptlash Tashkilotchi tomonidan nazarda tutiladi.
2.5. Tashkilotchi Shartnoma mazmunini faqat O’zbekiston Respublikasining o’zgartirilgan qonun hujjatlariga muvofiqlikka keltirish maqsadida bir tomonlama tartibda o’zgartirishga haqli. Tashkilotchi qayd etilgan o’zgartishlarni Ishtirokchini oldindan xabardor qilmagan holda kiritishi mumkin. Shartnoma mazmunini o’zgartishlar Shartnoma doimiy joylashtirilgan manzil bo’yicha ular Shartnomaning yangilangan matni sifatida e’lon qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

3. SHARTNOMA PREDMETI

3.1. Tashkilotchi mazkur Shartnoma shartlariga asosan Ishtirokchiga Aksiyani tashkillashtirish va o’tkazish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish, Ishtirokchi esa Tashkilotchi saytida belgilangan shartlarda va muddatlarda Menicon yoki AVIZOR kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan Miru, Premio yumshoq aloqa linzalari o’ram idishi xarid qilinishini amalga oshirish majburiyatini oladi.

4. TARAFLAR HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

4.1. Tashkilotchi ishtirokchilarni Internet tarmog’ida www.novalexgroup.uz rasmiy saytida Aksiya o’tkazilishi bilan bog’liq barcha voqea-hodisalar to’g’risida xabardor qiladi.
Saytda har qanday rasmiy axborot joylashtirilishi xabardor qilishning rasmiy tartibi hisoblanadi. Saytda axborot e’lon qilingan paytdan e’tiboran har bir ishtirokchi tegishli usulda xabardor qilingan hisoblanadi.
4.2. Har bir ishtirokchi Aksiyada ishtirok qilish ixtiyoriy ekanligini va Tanlov Tashkilotchisi mualliflik materiallari mazmuni uchun javobgar bo’lishini hamda Aksiyada ishtirok qilishdan va/yoki www.novalexgroup.uz sayti va/yoki uning servislaridan foydalanishdan hech qanday spetsifik natijalarni kafolatlay olmasligini va va’da qilmasligini qabul qiladi.
4.3. Aksiya Tashkilotchisi Aksiyaning har qanday ishtirokchisidan: shaxsini tasdiqlovchi hujjat; ro’yxatdan o’tkazilgan manzil, pochta manzili, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilish va/yoki Aksiyani tashkillashtirish va o’tkazish uchun kerakli boshqa hujjatlar va ma’lumotlarni skanirlangan hujjatlar nusxalari shaklida talab qilishga haqli.
4.4. Ishtirokchi uchinchi shaxslarning mualliflik huquqlarini buzmaslik majburiyatini oladi.
4.5. Shartnomada belgilanadigan Aksiyada ishtirok qilish tartibi buzilganligi yoki amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinmaganligi uchun Ishtirokchining Aksiyada ishtiroki Tashkilotchi tomonidan Aksiyaning har qanday bosqichida ko’rib chiqilmagan holda, biron-bir asoslangan izohlar yoki tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan holda to’xtatib qo’yilishi mumkin.
4.6. Ishtirokchi tomonidan Shartnomada belgilangan ma’lumotlar taqdim qilinmagan yoki ular Tashkilotchi bilan kelishilmagan formatda taqdim qilingan, shuningdek noto’g’ri ilova ma’lumotlari yoki rekvizitlari taqdim qilingan holatda, bunday Ishtirokchi uning ishtiroki ko’rib chiqilmagan holda to’xtatilishi yoki g’olib kelgan holatda uning nomiga sovrin kelmaganligi bilan bog’liq barcha xavf-xatarlar va oqibatlar uchun javobgarlikni o’ziga qabul qiladi.
4.7. Ishtirokchini Aksiyadan chiqarish uchun asos: Shartnomada belgilangan Aksiyada ishtirok qilish qoidalari buzilishi; Aksiya Tashkilotchisiga yoki boshqa Ishtirokchilarga hurmatsizlik bildirish; mazkur Shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda Aksiyada ishtirok qilish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim qilmaslik.
4.8. Tashkilotchi huquqlari:
4.8.1. Ishlar/tanlov chiqishlarining Aksiya qoidalariga va Nizomiga qo’yilgan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan holatda sabablari asoslangan izohlarsiz Aksiyada ishtirok qilishni rad etish;
4.8.2. Shartnoma ijrosi maqsadlarida Shartnomani tuzishda yoki uning amal qilish davrida Ishtirokchi tomonidan shaxsan yoxud uchinchi shaxslar orqali taqdim qilingan Ishtirokchining har qanday shaxsiy ma’lumotlarini har qanday usulda ishlash;
4.8.3. Tashkilotchi mazkur Shartnoma shartlarini bajarish uchun chetdagi shaxslarni, ham jismoniy, ham yuridik shaxslarni jalb qilishga haqli.
4.9. Tashkilotchi vazifalari:
4.9.1. Ishtirokchini Shartnomaga o’zgartishlar kiritilganligi to’g’risida bildirish xatini Saytda joylashtirish orqali xabardor qilish;
4.9.2. Tashkilotchining rasmiy saytida ochiq foydalanish uchun e’lon qilinganidan boshqa Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari to’g’risida axborotdan begona shaxslarning ruxsatsiz foydalanishi oldini olish uchun choralar ko’rish;
4.9.3. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchisi yagona raqamini tanlashda randomayzer yordamida g’oliblarni xolis tanlash bo’yicha nazoratni amalga oshiradi, shuningdek kafolatlarni ta’minlaydi.
4.10. Ishtirokchi vazifalari:
4.10.1. Tashkilotchiga mazkur Shartnomada nazarda tutilgan Aksiyada ishtirok qilish uchun talab qilinadigan asosli va aktual ma’lumotlarni, aloqa bog’lash uchun ma’lumotlarni va Tashkilotchi tomonidan talab qilinadigan boshqa hujjatlarni taqdim qilish;
4.10.2. Tashkilotchini Aksiyada ishtirok qilish uchun taqdim qilinadigan hujjatlardagi shaxsiy ma’lumotlar, rekvizitlar va aloqa bog’lash uchun ma’lumotlar o’zgarishlari to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilish;
4.10.3. Ishtirokchi Aksiyani o’tkazish shartlari va qoidalari bilan to’liq hajmda tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi.

5. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI ISHLASH

5.1. Ishtirokchi Tashkilotchiga Shartnomani tuzishda yoki uning amal qilish davrida Ishtirokchi tomonidan shaxsan taqdim qilingan Ishtirokchining har qanday shaxsiy ma’lumotlarini Shartnoma ijrosi maqsadlarida har qanday usulda ishlashga rozilik beradi.
5.2. Shartnoma tuzish orqali Ishtirokchi o’z xohishi va o’z manfaatlarida Tashkilotchiga Saytda ro’yxatdan o’tkazish namunasini to’ldirishda Ishtirokchi tomonidan qayd etilgan yoki Tashkilotchiga Shartnoma ijrosi bilan bog’liq holda ma’lum bo’lgan o’z shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, mobil telefon raqamlari, shaxsiy elektron manzili Tashkilotchi tomonidan Ustavga muvofiq asosiy faoliyat turlari amalga oshirilishi va Tashkilotchi tomonidan mazkur Shartnoma shartlarida nazarda tutilgan harakatlar amalga oshirilishi maqsadlarida yozib olinishi, tizimlashtirilishi, to’planishi, saqlanishi, aniqlik kiritilishi, chiqarib olinishi, foydalanilishi, shuningdek Aksiyaga doir talab qilinadigan materiallarni to’plash va tahlil qilish uchun rozilik beradi.
5.3. Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan taqdim qilingan shaxsiy ma’lumotlardan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va boshqa normativ huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida (shu jumladan, Saytning boshqa foydalanuvchilari noqonuniy va/yoki huquqbuzarlik harakatlarini ogohlantirish va oldini olish maqsadlarida) foydalanishga haqli. Ishtirokchi tomonidan taqdim qilingan axborotning oshkor qilinishi faqat O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan amalga oshirilishi mumkin.
5.4. Ishtirokchi o’z shaxsiy ma’lumotlari tegishlicha saqlanishini mustaqil ravishda ta’minlaydi.
5.5. Ishtirokchining o’z shaxsiy ma’lumotlarini ishlashga roziligi Shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran amal qiladi va Aksiya o’tkazilishi tugagan sanadan e’tiboran 5 (besh) yildan keyin o’z kuchini yo’qotadi, bunday ma’lumotlarni Shartnoma bekor qilingan sanadan e’tiboran 75 (etmish besh) yil muddatni tashkil etadigan maqsadlarda ishlash holatlari bundan mustasno. Shaxsiy ma’lumotlarni ishlash uchun rozilik Ishtirokchi tomonidan qaytarib olinishi mumkin emas.
5.6. Tashkilotchi hujjatlar va shaxsiy ma’lumotlar, shu jumladan elektron ma’lumotlar bazalarida elektron (raqamli) hujjatlar shaklida (hujjatlar asli va nusxalari) saqlanishi (arxivda saqlanishi) va to’planishini amalga oshirishga haqli.
5.7. Ishtirokchi o’z shaxsiy ma’lumotlari, aynan esa familiyasi, ismi, otasining ismi hamda Aksiyada ma’lum qilingan va Aksiyani o’tkazish jarayonida ma’lum bo’lgan boshqa ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan Aksiya natijalari e’lon qilinganida, shuningdek Ishtirokchi Aksiya g’olibi deb topilgan holatda u bilan suhbat e’lon qilinganida oshkor etilishiga rozilik bildiradi.

6. TARAFLAR JAVOBGARLIGI

6.1. Taraflar o’z majburiyatlari tegishlicha bajarilmaganligi uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va mazkur Shartnoma shartlariga asosan javobgar bo’ladilar.
6.2. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar bo’lmaydi:
6.2.1. Tashkilotchiga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan va Ishtirokchi tomonidan Tashkilotchi xabarnomalari olinmaganligi yoki o’z vaqtida olinmaganligiga sabab bo’lgan pochta, Internet, aloqa tarmog’i ishidagi to’xtalishlar;
6.2.2. Tashkilotchi tomonidan Shartnoma shartlari bajarilmaganligiga olib kelgan texnik to’xtalishlar (elektr ta’minot va aloqa tarmoqlari uzib qo’yilishi / shikastlanishi, protsessing markazi dasturiy ta’minotidagi uzilishlar va to’lov tizimidagi texnik nosozliklar) holatida;
6.2.3. agar Ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlari to’g’risidagi axborot aloqa kanallaridan foydalanish vaqtida eshitish yoki ulanish natijasida, shuningdek Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchisi xohish-istagiga qarshi uchinchi shaxslarning Ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanish huquqini qo’lga kiritishga qaratilgan boshqa noqonuniy harakatlari natijasida boshqa shaxslarga ma’lum bo’lsa;
6.2.4. agar Ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlari to’g’risidagi axborot Ishtirokchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish shartlariga rioya qilinmaganligi natijasida boshqa shaxslarga ma’lum bo’lsa;
6.2.5. Shartnoma doirasida Tashkilotchi bilan o’zaro munosabatlarni ta’minlaydigan aloqa vositalaridan vaqtincha foydalanish huquqi yo’qligi, shuningdek bu bilan bog’liq Ishtirokchi zararlari;
6.2.6. Xabarnomalar yuborish uchun Ishtirokchi tomonidan asossiz, noto’g’ri, xato ma’lumotlar taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan zararlar;
6.2.7. Ishtirokchi tomonidan noto’g’ri identifikatsiyalash ma’lumotlari taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan zararlar;
6.2.8. Ishtirokchi tomonidan xabarnomalar yuborish uchun ma’lumotlar yangilanmaganligi natijasida yuzaga kelgan zararlar.

7. FORS-MAJOR

7.1. Taraflar mazkur Shartnoma bo’yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishlicha bajarilmaganligi yengib bo’lmas kuch vaziyatlari, ya’ni favqulodda va oldini olib bo’lmaydigan vaziyatlar, shu jumladan tabiiy hodisalar, urush harakatlari, hukumat organlari hujjatlari oqibatida yuzaga kelgan bo’lsa, bunday majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mulkiy javobgarlikdan ozod qilinadilar.
7.2. Ushbu vaziyatlar yuzaga kelgan holatda, Tashkilotchi bu haqda 5 (besh) ish kunidan kechikmay saytda tegishli axborotni joylashtirish orqali boshqa Tarafni xabardor qiladi.
7.3. Mazkur Shartnomaning 7.1-bandida nazarda tutilgan hodisalar yuz bergan holatda, tanlov o’tkazish muddati boshqa vaqtga, biroq 90 (to’qson) kalendar kunidan kechikmagan muddatga o’tkaziladi.
7.4. Agar yengib bo’lmas kuch vaziyatlari 90 (to’qson) kalendar kunidan ko’proq muddat amal qilishni davom ettirsa, har bir Taraf Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli.

8. AKSIYA ISHTIROKCHILARINI TEXNIK QO’LLAB-QUVVATLASH

8.1. Aksiya Tashkilotchisi mazkur Shartnomada belgilangan Aksiya o’tkazish muddati tugagunigacha Aksiya Ishtirokchisining Tashkilotchi rasmiy saytidan foydalanishga doir texnik qo’llab-quvvatlanishi amalga oshirilishiga rozilik bildiradi.
8.2. Mazkur Shartnomaning 8-bandi 8.1-kichik bandida belgilangan Aksiya Ishtirokchilarini texnik qo’llab-quvvatlash elektron aloqa kanallari (elektron pochta) va/yoki Tashkilotchi Saytida muayyan axborotni joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

9. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI O’ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

9.1. Ishtirokchi tomonidan Tashkilotchi ofertasi akseptlangan sanadan e’tiboran Shartnoma tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi. Ishtirokchi tomonidan mazkur Shartnomada belgilangan Aksiyada ishtirok qilish shartlari va talablaridan hech bo’lmaganida biri bajarilmagan holatda, Shartnoma tuzilmagan hisoblanadi, tegishli ravishda, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok qilishiga yo’l qo’yilmaydi.
9.2. Shartnoma, agar Taraflarning biri yoki har ikki Taraf tomonidan o’zaro kelishuvga asosan muddatidan oldin bekor qilinmasa, Taraflar tomonidan shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari to’liq hajmda bajarilgungacha amal qiladi.
9.3. Shartnoma O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Shartnomada nazarda tutilgan tartibda va asoslar bo’yicha o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
9.4. Taraflar Tashkilotchi Shartnoma shartlariga o’zgartishlar kirishga haqli ekanligiga kelishib oldilar. Tashkilotchi tomonidan kiritilgan o’zgartishlar, agar Tashkilotchi tomonidan boshqa qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, Saytda e’lon qilingan paytdan e’tiboran Taraflar uchun majburiy hisoblanadi.
9.5. Ishtirokchi Shartnoma shartlari o’zgarishiga rozi bo’lmagan holatda, u Tashkilotchi rasmiy saytida Shartnomaning yangi tahriri joylashtirilgan paytdan e’tiboran uch kalendar kuni mobaynida Tashkilotchiga qog’oz tashuvchi vositada imzolangan arizaning asl nusxasini taqdim qilish orqali bir tomonlama tartibda Shartnoma bajarilishini rad qilishga haqli.
9.6. Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchidan Shartnomaning 9.5-bandida belgilangan muddatda Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad qilish to’g’risida yozma shaklda bildirish xati olinmagan holatda, Ishtirokchi Shartnoma shartlari o’zgarishlariga rozilik bildirgan hisoblanadi.
9.7. Boshqa sabablar bo’yicha Shartnoma bajarilishi rad qilinishi, Shartnomaning bekor qilinishi, Shartnomaning amal qilishi to’xtatilishi Ishtirokchining Aksiyada ishtiroki to’xtatilishiga olib keladi.
9.8. Ishtirokchi istalgan vaqtda Tashkilotchiga Shartnomada nazarda tutilgan usullar bilan tegishli bildirish xati yuborish orqali Shartnoma bajarilishini rad qilishga haqli. Bunday holatda, Shartnoma Tashkilotchi tomonidan tegishli bildirish xati olinganidan so’ng 3 (uch) ish kunidan keyin bekor qilingan hisoblanadi.

10. BOSHQA QOIDALAR

10.1. Ishtirokchi Shartnomaning barcha shartlari unga tushunarli ekanligini kafolatlaydi va u ushbu shartlarni so’zsiz va to’liq hajmda qabul qiladi.
10.2. Ishtirokchi Aksiyadan noqonuniy maqsadlarda, shuningdek Shartnomada belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanmasligini kafolatlaydi.
10.3. Ishtirokchi tomonidan barcha operatsiyalarni amalga oshirish vaqti, agar vaqtni belgilash boshqa tartibi qo’shimcha ravishda oldindan kelishib olinmagan bo’lsa, Aksiya jarayoni to’g’risida axborotni ishlaydigan Tashkilotchi serveri ma’lumotlari asosida belgilanadigan Moskva vaqti hisoblanadi.